Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda prezident ma'muriyati rahbarining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi
foto: Baglan Mayliboyev
Qozog‘istonda mamlakat prezidenti ma'muriyati rahbarining sobiq o‘rinbosari Baglan Mayliboyev qo‘lga olindi. U davlat sirlarini oshkor etishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Tengrinews respublika milliy xavfsizlik qo‘mitasiga asosan xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Mayliboyev bilan birga prezident ma'muriyatining yana bir sobiq xizmatchisi – Nikolay Galixin ham hibsga olindi. U davlat rahbarining saytida ichki siyosat bo‘limi mudirining o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan.
Mayliboyev va Galixin 12 yanvar kuni qo‘lga olindi. Ular davlat sirlarini noqonuniy yig‘ish, tarqatish va oshkor etishda gumon qilinmoqda.
«Gumonlanuvchilarning uylarida tintuv o‘tkazildi, dalil-isbotlar olindi. Tergov davom etmoqda, uning natijalari haqida keyinroq batafsil ma'lumot beriladi», - deyiladi MXQ xabarida.
Ma'lumot uchun, Mayliboyev Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati rahbarining o‘rinbosari lavozimidan 2017 yilning 12 yanvar kuni ozod etildi. U bu vazifada 2011 yilning 11 oktabridan boshlab ishlab kelgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025