Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada yahudiy ayolga “Adolfdan salom” yo‘llagan Amazon xodimi ishdan bo‘shatildi
AQShning Amazon internet-savdo kompaniyasi xodimi yahudiy ayolga yashirin ravishda antisemitizm ruhida yozilgan xat jo‘natgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Daily Mail gazetasi xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya ishchisi o‘z jiyaniga o‘yinchoq buyurtma qilgan ayolga jo‘natilgan posilka ichiga “tog‘a Adolfdan salom” so‘zlari bitilgan maktub jo‘natgan. Jabrlangan ayol do‘stining ma'lum qilishicha, Amazon ro‘y bergan holatga avvaliga e'tibor qaratmadi. “Biz ular bilan o‘sha kuniyoq bog‘landik, biroq hech qanday javob choralari ko‘rilmadi”, - qo‘shimcha qildi u. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, unga munosabat bildirdi.
Amazon’ning ta'kidlashicha, ular ro‘y bergan hodisani juda jiddiy qabul qilishgan. “Biz buyurtmachidan uzr so‘radik va ushbu voqeaga sababchi bo‘lgan xodimni ishdan bo‘shatdik”, - deya kompaniya vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
Poytaxt politsiya xizmati xodimlari voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlashdi hamda uni nafrat tufayli amalga oshirilgan jinoyat sifatida ko‘rishmoqda.
Mavzuga oid
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
21:21 / 25.11.2025
Amazon o‘zining sun’iy yo‘ldosh interneti qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi
19:44 / 22.06.2025