«Manchester Siti» Messining transferi uchun qancha to‘lashga tayyorligi ma'lum bo‘ldi

«Manchester Siti» «Barselona»dan Lionel Messini 100 mln funt (taxminan 115 mln yevro) evaziga sotib olmoqchi.
The Sun xabarida qayd etilishicha, inglizlar klubi hozircha rasman taklif bermagan, ammo muzokaralar davomida «shaharliklar» vakillari 29 yoshli bu futbolchi uchun aynan shuncha mablag‘ to‘lashga tayyorligi aytilgan.
Shuningdek, unga haftasiga 800 ming funt sterling miqdorida maosh tayinlanishi rejalashtirilgan. Bu orqali futbolchi dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etish kerakki, agar bu transfer amalga oshsa, bu tarixdagi eng qimmatbaho transferga aylanadi.
Hozirda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yozida «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga 89 mln funt (105 mln yevro) evaziga transfer qilingan Pol Pogbaga tegishli hisoblanadi.
Messi kataloniyaliklar jamoasi safida 8 marta Ispaniya chempioni bo‘lishga ulgurgan. U shuningdek bu jamoa bilan 4 marta Ispaniya Kubogi va 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi 24 uchrashuvda maydonga tushib, 27 gol urdi va 9 golga hammualliflik qildi.
U jamoa bilan mavjud shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi

13:39 / 16.02.2025
Pepdan maqtov, Holandni ortda qoldirdi va g‘alabali seriya – Husanov «Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday o‘tkazdi?

11:47 / 16.02.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, «Real» o‘yinida mojaro. Kun o‘yinlari

20:44 / 08.02.2025