Caviar kompaniyasi tarixdagi eng qimmatbaho Huawei'larni taqdim etdi. Huawei P9 narxi shundoq ham arzon emas, eksklyuziv korpusda esa uning narxi besh karra qimmatlashadi. Bu haqida Hi-Tech nashri xabar berdi.
Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, yangi «Russia» va «China» Friendship edition smartfonlari - yetakchi davlatlar "kuch-qudrati, an'analari va xatti-harakatlariga hurmat belgisi". Qurilmalar ramkalari va bezak elementlari oltin bilan qoplangan, orqa qopqoq foni esa - alligator terisi bilan. O‘ymakorlik ishlari qo‘lda bajarilgan.
Ruscha variantida rus me'morchiligiga xos bo‘lgan naqshlar bo‘lsa, xitoycha variantida - sharq madaniyati boyligi va donishmandligini aks ettiruvchi bezaklar o‘rin olgan. Ikki smartfonga ham gerb va original tildagi madhiya satrlari tushirilgan.
Har bir smartfon adadi - 88 nusxadan. Ikki smartfon ham hashamatli sovg‘a qutisida taqdim etiladi.
Eksklyuziv Huawei P9 qurilmalari narxi - 159 000 rubl (2 676, 70 dollar).
Ishlab chiqaruvchi oltin qoplamali Huawei P9 qurilmalarining muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmayapti.
"Luxury-bozorda narx belgilovchi rol o‘ynamaydi, bizning mijozlarimiz, eng avvalo, o‘ziga xos noyob qurilma egalari bo‘lishni istashadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, mijozlarimizning bir qismi Android-qurilmalarni iOS-smartfonlarga nisbatan ko‘proq qadrlar ekan".