Caviar zargarlik brendi yana bir marotaba eng oddiy buyum ham dabdabali körinişi mumkinligini isbotladi. Caviar haqiqiy tilla bilan qoplangan Nokia 3310 telefonini namoyiş qildi. Qora rangli telefon oltin tugmaçalarga ega. Bundan taşqari, telefon korpusi titandan yasalgan.
Nokia telefonining oltindan yasalgan namunasi yangi keng qamrovli Toreso loyihasining bir qismi hisoblanadi. U Rossiya milliy boyligiga bağişlangan. Eslatib ötamiz, bundan avval, zargarlik brendi Ozarboyjon, Armaniston, Qozoğiston va Italiyaga bağişlangan telefonlarni işlab çiqargan edi.

Oltin Nokia 3310 telefonini xarid qilişni istaganlar 2 ming AQŞ dollarining bahridan ötişlari kerak böladi. Brend esa, yana yarim yildan söng, Putin Inspired 3310 telefonini savdoga çiqarişini ma'lum qildi. Uning narxi 3 ming dollar böladi.











