Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:54 / 20.01.2017
4515
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistonda stadiondagi portlashda 3 kishi halok bo‘ldi
20 yanvarda Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida stadionda bomba portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Stadionda buzkashi – pologa o‘xshash o‘yin o‘tayotgan bo‘lgan. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.
Bomba uchrashuv tugagach tarqalayotgan tomoshabinlar orasida portlagan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida "Tolibon" harakatiga qarshi kurashuvchi qurolli tuzilma qo‘mondoni, uning tansoqchisi va yana bir odam halok bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish