Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted» yana bir nomi chiqmagan futbolchi uchun 81 mln.yevro to‘lamoqchi
«Monako» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Bernardu Silva «Manchester Yunayted»ning asosiy transfer rejasi sifatida qaralmoqda.
Manchester klubi skautlari 22 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘yinini kuzatish uchun Fransiya chempionatining «Marsel»ga qarshi uchrashuviga (4:1) tashrif buyurgan. Uchrashuvda Silv ikki marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
The Guardian nashri bergan xabarga ko‘ra, Jorjye Mendeshning mijozi sanalgan futbolchi uchun «MYu» 70 million funt sterling (81 mln. yevrodan ko‘proq) to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi. Futbolchiga Yevropaning boshqa klublari «Chelsi», «Barselona» «Real» va «Yuventus» ham qiziqish bildirgan. Biroq bu klublar futbolchining transferi bo‘yicha manchesterliklar ko‘rsatgan taklifni bermasligi aytilmoqda.
Shu kunga qadar Bernardu «Monako» safida Fransiya chempionatida jami 83 uchrashuvda maydonga tushib 20ta gol 12 golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:28 / 23.04.2026
Dunyoda 1 million dollarga qanday ko‘chmas mulk sotib olish mumkin: Monakoda atigi 16 m2
11:48 / 14.04.2026
«MYu» Kerrik boshqaruvi davrida ilk bor uyda yutqazdi
12:39 / 16.03.2026
«MYu» yuqorilamoqda, «Barsa»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
19:09 / 13.02.2026