«Mançester Yunayted» – «Lids» 1:2
Gollar: Kazemiro (69) – Okafor (5, 29).
«Mançester Yunayted»: Lammens, Mazraviy (Dalot, 70), Yoro, Martines, Şou, Kazemiro, Ugarte, Fernandeş, Amad (Mbeumo, 70), Kunya, Şeşko.
«Lids»: Darlou, Ampadu, Biyol, Bogl, Gudmundsson, Jastin, Kelvert-Lyuin, Okafor (Gnonto, 74), Stryoyk, Tanaka (Gruyev, 74), Aaronson (Longstaff, 86).
Ogohlantirişlar: Kunya (18), Jastin (39), Şou (49), Fernandeş (64), Ampadu (86).
Çetlatiş: Martines (56).
«Mançester Yunayted» bu turda «Aston Villa»dan uç oçkoga uzoqlaşişi va uçinçi örinni mustahkamlaşi mumkin edi. Buning uçun Maykl Kerrik jamoasidan uyda «Lids Yunayted» ustidan ğalaba qozoniş talab etilardi. Ammo kutilgan uç oçko örniga «MYu» öziga yangi muammolar tuğdirdi.
«Lids» sönggi olti turda birorta ğalabaga erişmagandi. Ammo «Old Trafford»ga Daniel Farke jamoasi katta iştiyoq bilan taşrif buyurgandi – jamoa xavfli zonadan uzoqlaşişi kerak edi. «Lids» bu öyinda ğalaba qozoniş orqali 18-örindagi «Tottenhem» bilan oradagi farqni olti oçkoga yetkazişi mumkin edi.
«Lids» ilk daqiqalardan hujumga taşlandi. Uçinçi daqiqadayoq Dominik Kalvert-Lyuin yaqin masofadan kuçli zarba berdi, ammo Senne Lammens mezbonlarni muqarrar goldan qutqardi. Lekin keyingi hujum vaqtida belgiyalik darvozabon ham ojiz qoldi. Jyeyden Bogl töpni jarima maydoni markaziga yetkazdi, Kalvert-Lyuin töp uçun kuraşda yutib çiqdi va töp qulay pozitsiyada turgan Noa Okaforga yetib bordi. Şveytsariyalik hujumçi töpni Lammensga qarama-qarşi burçak tomon aniq yönaltirdi – 1:0.
«MYu» startda muvaffaqiyatsizlikka uçradi, ammo vaziyatni önglaş uçun oldinda 85 daqiqa bor edi. Jamoa oxirgi öyinidan buyon uç hafta dam oliş imkoniga ega bölgan va «Lids»ga qarşi öyindan oldin jismonan ustunlikka ega bölişi kerak edi. Ammo amalda bir hafta oldin Angliya kubogi yarimfinalida oğir öyin ötkazgan «Lids» («Vest Hem»ga qarşi öyinning asosiy va qöşimça bölimlarida kuçlar teng kelib, ğolib penaltilar seriyasida aniqlangandi) öyinga yaxşiroq tayyor bölgani oydinlaşdi. Bölim örtalaridan ötganda mehmonlar ikkinçi golni ham urişdi.
Okafor dublni rasmiylaştirdi: jarima maydoni taşqarisida turgan Noa Kazemironing boşidan qaytgan töpni öziga böysundirdi va uning zarbasidan keyin töp rikoşet bölib olis burçakka borib tuşdi. Bu 25 yoşli forvard uçun APLdagi ilk dublga aylandi.
Bölim oxiriga qadar hisob yirik körinişga kelişi ham mumkin edi. Bölim oxirida «MYu» futbolçilari yana bir xatoga yöl qöyişdi: Lammens yomon pas bilan Yoroni noqulay holatda qoldirdi.


















