Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMW kompaniyasi o‘zining bosh dizaynerisiz qoldi
Automotive News agentligi anonim manbaga iqtibos keltirgan holda BMW markasining shef-dizayneri Karim Habibning kompaniyadan ketayotganini ma'lum qildi. Bavariya avtomobilsozlik kompaniyasida bunga izoh berilmagan. Habib buyog‘iga qayerda ishlashi ham ma'lum qilinmagan.
O‘tgan yili BMW Group konsernini ikki bosh dizayner tark etgandi: MINI byurosini boshqargan va Borgward’ga ketgan Anders Varming hamda "i" bo‘limida ishlagan va Future Mobility’ga ketgan Benua Yakob.

Borgward va Future Mobility Xitoy kompaniyalari hisoblanadi va Habib ham biror bir Xitoy avtoxoldining va'dalariga uchgan bo‘lishi mumkin.
Habib BMW’ga 2012 yilda "Mersedes"dan qaytib kelgandi. Uning boshchiligi ushbu marka avtomobillarining yangi "qiyofasi" paydo bo‘lgan. Ko‘rinishicha, Habib boshchiligida yaratilgan oxirgi model BMW X7 krossoveri bo‘ladi, u 2018 yilda sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid
07:58 / 07.03.2026
BMW urib ketgan YPX xodimi ishi: avariya tasvirlari paydo bo‘ldi
13:14 / 05.03.2026
“Bu – qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy signal” – BMW YPX xodimini urib ketishi voqeasi haqida suhbat
08:49 / 28.02.2026
BMW yong‘in xavfi sabab 330 mingta avtomobilni qaytarib olyapti
08:26 / 27.02.2026