Holat yuzasidan avtotransport vositasini olib qoçiş va odam ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş ayblovlari bilan jinoyat işi qözğatilib, voyaga yetmagan Doniyor Turğunov ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

2026 yil 25 fevral kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turğunov BMW maşinasida yöl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eşnazarovni urib yuborgandi.

Keyinçalik inspektor olgan oğir jarohatlar oqibatida vafot etdi.

Şundan söng Doniyor Turğunovga nisbatan qamoqqa olingan. U Jinoyat kodeksining 267-moddasi (avtotransport vositasini olib qoçiş) va 104-moddasi uçinçi qismi «d» bandida (odam ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) körsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Marhum kiçik serjant Hosilbek Eşnazarov prezident farmoniga köra, «Jasorat» medali bilan mukofotlandi va uning oilasiga Toşkent şahridan 3 xonali kvartira berildi.