Jahon | 18:51 / 24.01.2017
4476
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya parlamenti Brexit ishga tushirilishini tasdiqlashi kerak bo‘ladi

Buyuk Britaniya oliy sudi hukumatga mamlakatni Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayonini boshlash uchun parlament roziligini olishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Shu tariqa, mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Brexit’ni parlament tasdig‘isiz amalga oshira olmaydi.

Avvalroq Buyuk Britaniya oliy sudi London oliy sudining mamlakat hukumati apellyatsiyasi bo‘yicha qarori 24 yanvar kuni qabul qilinishini ma'lum qilgandi. U vazirlar mahkamasiga Birlashgan Qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayoniga Britaniya parlamenti ruxsati talab etilishi haqida qaror chiqargan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid