O‘zbekiston | 20:51 / 24.01.2017
8326
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xorij fuqarolariga advokatlik litsenziyalari beriladi

Bugun 24 yanvar, seshanba kuni poytaxtdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom ettirildi. Mediahaftalikning ikkinchi kuni qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga e'tibor qaratildi. 

Huquqiy tizimni mustahkamlash yo‘lida advokatura institutini yanada mustahkamlash, uning o‘rnini kuchaytirishga alohida to‘xtalib o‘tildi. Harakatlar strategiyasi loyihasi doirasida jahonga mashhur, kuchli va malakali advokatlarni O‘zbekistonga jalb etish, ularning filiallarini yaratish imkoni ko‘rib chiqilmoqda. 

Loyiha yana bir muhim jihat - xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish imkonini yaratish uchun xorij fuqarolariga ham advokatlik litsenziyalari berilishini  ko‘zda tutadi. Xorijlik advokatlar bu imkondan foydalanib, o‘z fuqarolari va investorlari huquqlarini himoya qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid