2021 yil 5 oktabr kuni bölib ötgan “Özbekiston: beş yillik jadal islohotlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada 5 yillik Harakatlar strategiyasi islohotlarining natijalari jamoatçilikka taqdim etildi.

“5 yil davomida yillar böyiça 5ta alohida-alohida dasturlar qilib kelindi. Şu yerda umumiy 1385dan ortiq band közda tutilgan edi. Umumiy 114 trln söm va salkam 31 mlrd dollarlik loyihalar amalga oşirilgan” – dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

Vazirning qöşimça qilişiça, 5 yillik davrda Harakatlar strategiyasini röyobga çiqariş uçun 311ta (80tasi yaxlit) qonun, 2 mingta prezident farmon va qarorlari hamda 3 mingta Hukumat qaror va farmoyişlari qabul qilingan.

Ma'lumot uçun, Harakatlar strategiyasi prezidentning 2017 yildagi farmoni bilan qabul qilingan bölib, davlat va jamiyat qurilişini takomillaştirişga, qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qilişga, iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va liberallaştirişga, ijtimoiy sohani rivojlantirişga, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta'minlaş, çuqur öylangan, özaro manfaatli va amaliy ruhdagi taşqi siyosat yuritiş kabi beşta yönaliş böyiça vazifalarni amalga oşirişga qaratilgan.