Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika bo‘yicha aniqlangan 675 ta bo‘sh obekt tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi
Bugun 25 yanvar kuni "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining navbatdagi jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
3-kun mavzusi - Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha bank tizimidan tashqari xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida amalga oshiriladigan ishlar - kredit tizimini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik, ularning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, xususiylashtirish tizimini soddalashtirish, xususiy mulk daxlsizligi yo‘nalishida farmon qabul qilinishi ta'kidlandi.
Viloyat hokimlariga nostrategik obektlarni sotish vakolati beriladi. Ta'kidlash joizki, respublika bo‘yicha 675 ta bo‘sh obekt aniqlandi - bu binolarni tadbirkorlarga berish va ularga kerakli shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Tadbirkorlar 24 oyga yer solig‘i va mulk solig‘idan ozod qilinishi qayd etildi.
Shuningdek kichik biznes imkoniyatlarini yaratish va ularni rag‘batlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlab o‘tildi. Bu borada ba'zi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025