Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik yigitga baland bo‘yi tufayli avtomobil boshqarish taqiqlandi
Sud britaniyalik yigitga bo‘yi boshqa haydovchilar e'tiborini jalb etishi tufayli avtomobil boshqarishni taqiqladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Politsiya Nyukasl shahrida yashovchi 26 yoshli Adam Elliotni u Ford Ka kabrioletini boshqarib ketayotgan vaqtida to‘xtatdi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari diqqatini yigitning shamol haydovchi oynadan chiqib turgan boshi tortgan. Ularda Elliot avtomobilni turgan holda boshqarmoqda, degan shubha uyg‘ondi.
Biroq ma'lum bo‘lishicha, avto savdosi bilan shug‘ullanuvchi yigitning bo‘yi taxminan 200 santimetr bo‘lib, u mijoziga yetkazib berishi lozim bo‘lgan mashinaga sig‘magan, xolos. «Politsiya meni turgan holda avtomobil boshqardim, deb o‘yladi, biroq bu yolg‘on. Men uchun bu avtomobil juda kichik ekan», - dedi u.
Suddagi navbatdagi yig‘ilish davomida Elliot advokatning maslahati bilan mashinani xavfli boshqarganini tan oldi. «Shunisi aniq-ki, siz boshqa haydovchilar oldida o‘z bo‘yingiz bilan maqtangansiz. Siz boshqalar e'tiborini o‘zingizga jalb etgansiz, bu esa xavfli», - degan sudya.
Elliotga avtomobil ruliga kelasi sud yig‘ilishi – 27 fevralga qadar o‘tirish taqiqlandi. Unda yosh yigit uchun jazo tayinlanadi.
Mavzuga oid
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026
Eronda qurbonlar soni o‘smoqda: YeI va Britaniya sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanyapti
19:15 / 12.01.2026