Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori virtual qabulxonasi samarali ish olib bormoqda
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining oliy ta'lim muassasalari rektorlarining virtual qabulxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘ini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan ADTI rektorining virtual qabulxonasi samarali faoliyat olib bormoqda.
O‘tgan yilning 20 dekabrida www.rektor.adti.uz elektron manzilida ish boshlagan virtual qabulxonaga shu kungacha oliy ta'limga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 31 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar tarkibida 19 ta ariza, 2 ta shikoyat hamda 10 taklif bo‘lib, jami 31 ta murojaatning 29 tasi ijobiy hal etilgan va qolgan ikkitasi esa ko‘rib chiqilmoqda.

Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
14:43 / 09.10.2025
Misrlik yoshlar Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘qishni boshlaydi
12:18 / 26.08.2025
To‘rtta oliy o‘quv yurtiga yangi rektorlar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
22:57 / 05.05.2025