Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Respublikasining bir qator hujjatlari zamon talabidan kelib chiqib qayta ishlanadi
Harakatlar strategiyasining "Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar" bo‘limida tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlarida muhim qonunchilik bazasi yaratilganligiga e'tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tashqi siyosat masalalari alohida o‘rin tutadi, unga bag‘ishlangan maxsus bob ham mavjudligi ta'kidlab o‘tildi.
O‘tgan 25 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati sohasida 20ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilingan, ular orasida ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash, Davlat chegarasi, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, shuningdek, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun shular jumlasiga kiradi. Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining qator farmon va qarorlari ham alohida o‘rin tutadi.
Harakatlar strategiyasida ham O‘zbekiston Respublikasida zamon talabidan kelib chiqqan holatda bir qator hujjatlarni qayta ishlash ko‘zda tutilayotganligi ta'kidlandi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalar haqidagi qonunning yangi tahriri;
2. O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik xizmat to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish;
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri;
4. Konsullik ustavining yangi tahriri.
Amalga oshirilayotgan ishlardan asosiy maqsad - O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamjamiyatga integratsiyasini tobora chuqurlashtirish hamda O‘zbekistonni eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish.
Mavzuga oid
17:18 / 06.10.2021
Harakatlar strategiyasi uchun 5 yilda 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd dollar sarflangani ma'lum qilindi
08:18 / 11.02.2021
O‘zbekistonda qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi
11:34 / 18.01.2019
O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar liberallashtiriladi
11:30 / 18.01.2019