22:20 / 28.01.2017
12792

Oltinko‘l tumani hokimi kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi

28 yanvar kuni Oltinko‘l tumanidagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Iqtisodiyot kompleksi xodimlarini kollej bitiruvchilariga biriktirish yo‘li bilan bandligini ta'minlash” masalasiga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimligi mutasaddilari, viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi va uning tasarrufidagi muassasalar vakillari shahar va tumanlar hokimlarining iqtisod bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda kollej bitiruvchilari ishtirok etdilar.

Joriy yil viloyatdagi 117 ta kasb-hunar kollejlarini 104 ta yo‘nalish bo‘yicha 41 ming 30 nafar  bitiruvchilar tamomlaydi. Viloyatda maqsadli dasturlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish evaziga 2017 yil davomida 7 ming 417 ta loyihada 66 ming 769 ta ish o‘rni tashkil qilinishi rejalashtirilgan hamda bitiruvchilarga viloyatdagi tijorat banklari tomonidan 29 mlrd. so‘mdan ziyod imtiyozli kredit ajratilishi rejalashtirilgan.

Seminarda so‘z olgan Oltinko‘l tumani hokimi Baxtimurod Karimov kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda iqtisodiyot kolleji misolida muassasaning 300 nafar bitiruvchisi iqtisodiyot kompleksi  ma'sullari ya'ni tuman davlat soliq inspeksiyasi biriktirilganligi bu borada har tomonlama samarali ish olib borilayotganini aniq misollar bilan tahlil qilib berildi.

Ko‘rgazmali seminar davomida yangi tizimni amalga oshirishda rasmiyatchilik va ortiqcha qog‘ozbozliksiz aniq reja asosida ish tashkil etilishi ta'kidlandi. 

Seminardan namuna sifatida foydalangan holda, barcha shahar va tumanlarda xuddi shunday taqdimot tashkil etilishi belgilab berildi.  


Elmurod Ermatov, Andijondan Kun.uz sayti uchun maxsus

Mavzuga oid
Top