Yoşlarni qöşimça kasb-hunar örganişlarini taşkil etiş, ularning qonuniy huquqlarini ta'minlaş, mehnat bozorida malakali mutaxassislar salmoğini oşiriş hamda ularni öz mutaxassisligi böyiça iş bilan band qiliş böyiça Örta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi tomonidan iş beruvçi korxona va taşkilotlar bilan hamkorlik işlari mustahkamlanib borilmoqda.
Yoşlarga özlari qizziqan mehnat faoliyati bilan şuğullanişlari uçun zarur böladigan kasbiy bilimlarni örganiş imkoniyatini kengaytiriş maqsadida kasb-hunar kollejlarida 140ga yaqin kasblar böyiça tölov-şartnoma asosida öqitiş yölga qöyilmoqda.
2016 yil 28 dekabr kuni yoşlarga kasb-hunar örgatiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kasb-hunar kollejlariga umumiy örta ma'lumot (11-sinf) va örta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega şaxslarni tölov-şartnoma asosida qabul qiliş rejalari tasdiqlandi. Bu borada Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining buyruği qabul qilindi.
Kasb-hunar kollejlaridagi uşbu öquv kurslari umumta'lim maktablarining 11-sinfini, akademik litseylarni tamomlaganlar yoki boşqa yönalişdagi kasb-hunar kollejlarini tamomlab, ikkinçi mutaxassislik oliş istagidagi yoşlar uçun yaxşi imkoniyat sanaladi.
Kasb-hunar kollejlarida öqişni xohlovçi yoşlar kasb-hunar kollejlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etişlari kerak böladi:
• Kasb-hunar kolleji direktori nomiga ariza;
• ma'lumoti töğrisida davlat namunasidagi diplom va diplom ilovasi yoki umumta'lim maktabining 11-sinfini tamomlaganligi töğrisidagi attestati (asl nusxasi);
• 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
• № 086-U şakl böyiça tibbiy ma'lumotnoma;
• pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
Qabul rejasi bilan Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining internetdagi rasmiy veb sayti (www.markaz.uz) orqali tanişiş mumkin.
Eslatib ötamiz, umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvçilarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida amaldagi tartib asosida 3 yil davomida bepul tahsil oliş imkoniyatlari saqlab qolingan.












