Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Times: Buyuk Britaniya mudofaa byudjyetida katta miqdorda defitsit yuzaga keldi
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya mudofaa byudjyetida milliy valyutaning qadrsizlanishi oqibatida 5,8 mlrd funt sterlinglik (7,3 mlrd dollar) defitsit yuzaga keldi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
"Mudofaa vazirligi rejasini amalga oshirishni ta'minlash maqsadida keyingi 10 yil ichida mavjud loyihalardan tejalgan 5,8 mlrd funt sterling olishi kerak", deb aytilmoqda Britaniya reviziya boshqarmasi hisobotida.
Buyuk Britaniya armiyasini modernizatsiyalash bo‘yicha 10 yillik rejaga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukumati 20 mlrd funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ni xorijiy qurol-aslaha ishlab chiqaruvchilarga dollar va yevrolarda to‘lash uchun sarflaydi. Rejada umumiy hisobda 82 mlrd funt sterlinglik (103 mlrd dollar) xarajatlar ko‘zda tutilgan.
Britan OAV avvalroq Buyuk Britaniya qurolli kuchlari, hukumatning armiyani moliyalashtirishni oshirish rejalariga qaramay, mudofaaga xarajatlarni kamaytirishga tayyorlanayotganini ma'lum qilishgan. Gap shundaki, funt sterling qiymatining dollarga nisbatan qadrsizlanishi AQShda ishlab chiqarilgan va buyurtma qilib bo‘lingan qurol-aslaha qimmatroqqa tushishini anglatadi.
Buyuk Britaniyaning mudofaa sohasidagi byudjyeti NATO bo‘yicha 2-o‘rinda, Yevropa Ittifoqida 1-o‘rinda va dunyoda 5-o‘rinda turadi.
Mavzuga oid
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
13:37 / 14.01.2026