Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda dars vaqtida hojatxonaga chiqarilmagan o‘quvchiga 1,25 mln dollar tovon puli to‘lanadi
AQShning San-Diyego maktab okrugi o‘ziga taalluqli Patrick Henry High School maktabi o‘qituvchisi o‘quvchini dars vaqtida hojatxonaga chiqarmagani uchun jabrdiyda qizga 1,25 mln dollar tovon puli to‘laydigan bo‘ldi.
RT nashri ma'lum qilishicha, voqea 2012 yil fevralda yuz bergan. Gonya Volf ismli o‘qituvchi 14 yoshli o‘quvchini tozalash uchun mo‘ljallangan xonada chelakka yozilib olishga majbur qilgan hamda o‘quvchiga chelak ichidagini sinfda joylashgan rakovinaga oqizishni buyurgan.
O‘quvchi advokatining aytishicha, o‘quvchi "bu kamsituvchi va beadab jazo sababli kuchli stress holatini his qilgan".
Sud qizga 1,25 mln dollar miqdorida ma'naviy zarar hamda tibbiy sarf-xarajatlar to‘lovi sifatida yana 41 ming dollar to‘lab berish qarorini chiqargan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026