19:57 / 29.01.2017
8363

Inileyev jarrohlik stoliga yotqizildi

Toshkentning «Obod» klubi bosh murabbiyi Rauf Inileyev Moskvaga jo‘nab ketdi, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis Rossiya poytaxtida jarrohlik stoliga yotqizilgan. Inileyevning qaysi xastalik bilan kasalxonaga yotqizilgani borasida ma'lumotlar yo‘q. Murabbiy sog‘iligi tiklaganidan so‘ng «Obod»dagi ishini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng Rauf Inileyev «Obod» klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Top