Osiyo kubogi-2004 çorakfinalida Bahraynga penaltilar seriyasida mağlub bölgan Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2006 saralaş bosqiç ötiş öyinida yana Bahraynga röbaro‘ kelib, qit’alararo pley-offga alamli tarzda çiqa olmagandi. 2006 yilda esa Valeriy Nepomnyaşiy Özbekiston bilan Osiyo kubogiga yöllanma olsa-da, iste’foga çiqqaç, milliy jamoamiz turnirga Rauf Inileyev murabbiyligida borgandi. U yerda ham jamoamizni mojaroli hakamlik kutayotgandi.
Nepomnyaşiy qöl ostida ötgan saralaş va Qatardan keyingi örin
Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2006 saralaş bosqiç ötiş öyinida Bahraynga qarşi dastlabki bahsda 1:0 hisobida ustun kelgan bölsa-da, yaponiyalik hakamning qoidani qöpol ravişda buzib, arab jamoasi darvozasiga belgilangan penaltini bekor qilişidan keyin ÖFF FIFAga murojaat qiladi. FIFA natijani bekor qilib, öyin qaytadan ötkazilgaç, Bob Xougton murabbiyligidagi jamoamiz Toşkentda 1:1, safarda esa 0:0 hisobini qayd etdi. Şu tariqa, Bahrayn safardagi gol evaziga qit’alararo pley-offga yöllanmani qölga kiritadi, jamoamiz esa JÇ-2006dan batamom umidni uzgandi.
2006 yil boşida esa Valeriy Nepomnyaşiy milliy jamoa boş murabbiyi etib tayinlandi. Rossiyalik mutaxassis qöl ostida Osiyo kubogi-2007 saralaşida Qatar, Hongkong va Bangladeş bilan bir guruhdan joy olgan vakillarimiz Qatarga mağlub bölgan, Hongkong bilan ikki marta ham durang qayd etgan holda 2-örin bilan turnirning final bosqiçiga yöllanmaga ega çiqadi. Ammo Nepomnyaşiy iste’foga çiqib, «Paxtakor» va milliy jamoani tark etganini e’lon qilgandi.
Inileyevning tayinlanişi va Osiyo kubogi-2007dagi iştirok
Osiyo kubogi boşlanişiga yarim yil qolganida ÖFF prezidenti Mirabror Usmonov taklifi bilan Rauf Inileyev boş murabbiy etib tayinlangandi. Çunki ikki oy oldin Rauf Talgatoviç qöl ostida Özbekiston olimpiya jamoasining Qatardagi Osiyo Öyinlarida çorakfinalgaça yetib borişi muvaffaqiyatli natija sifatida baholanadi.

OFK prezidenti taşabbusi bilan Osiyo kubogi-2007 bir emas, 4 mamlakat – Indoneziya, Malayziya, Tailand va Vetnam mezbonligida ötkazilgandi. Aslida 2008 yil ötişi kerak bölgan bu turnirning bir yil oldinga surilişining taşabbuskori ham Muhammad bin Hammam edi. OFK prezidenti Osiyoning eng nufuzli turniri Yevro bilan bir yilda ötayotgani sababli, musobaqaning köhna qit’a birinçiligi soyasida qolayotganini aytgandi. Şu sababli turnir toq yillarga köçirilgandi.


















