Jamiyat | 08:29 / 31.01.2017
6559
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada amaldor 10 yildan beri ishga kelmay, 50 ming yevro maosh olayotgani aniqlandi

Foto: AFPJOSÉ CUÉLLAR

Ispaniyalik amaldor Karles Resio 10 yildan beri ishga bormasa ham har oyda ish haqini olib turadi. Bu haqda El Mundo gazetasi xabar berdi.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, erkak 2006 yildan beri Valensiya viloyat kengashi manbalar bo‘limi rahbari lavozimida ishlaydi, uning maoshi esa yiliga taxminan 50 ming yevroga teng. Ta'kidlanishicha, amaldor har kuni ertalab 7:30da o‘z ofisi binosida kelgani haqidagi qaydnomadan o‘tib, shundan so‘ng o‘z ishlari bilan noma'lum tomonga yo‘l oladi. Mehnat kuni oxirida esa u yana qaytib, ishdan ketayotgani haqidagi ma'lumotnomaga qayd kiritadi.

Resio hamkasblari ushbu xodimni ish o‘rnida hech qachon ko‘rishmaganini, bunga sabab esa u ofisga faqatgina ta'til kunlarini rasmiylashtirish uchun kelishini aytib o‘tishdi. Bundan tashqari, amaldor bu lavozimga tayinlanganiga 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, unda shaxsiy stoli ham, kompyuteri ham yo‘q.

Kengash ushbu masala yuzasidan surishtiruv olib borishini ma'lum qildi. Resioning o‘zi esa barcha ayblovlarni rad etmoqda. "Mening majburiyatlarim ish kunidan ham ko‘proq vaqtni talab etadi", - degan amaldor "Kop" radiostansiyasiga bergan intervyustida.

"Men vazifalar bergan kishilarga nutqlar, matnlar yozib berganman, - dedi u. – Albatta, mening nomim bu matnlarda yo‘q, sababi, agarda deputat mendan chiqish so‘zi yozib berishni iltimos qilsa, masalan, men u imzo chekkan joyga qo‘l qo‘ya olmayman".

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid