O‘zbekiston | 20:02 / 31.01.2017
4797
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik ekspert O‘zbekistondagi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yuksak baholadi

31 yanvar kuni Toshkent shahrida "Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo‘nalishlar" mavzuidagi Xalqaro konferensiyaga start berildi. Unda davlat va nodavlat organlar vakillari bilan bir qatorda yetakchi xorijiy ekspertlar ham ishtirok etishdi. 

Kun.uz nashri muxbiri Butunrossiya Tiklovchi mediatsiya assotsiatsiyasi raisi (Moskva), "Sud-huquqiy islohot" Markazi prezidenti Maksudov Rustem Ramziyevichning bugungi tadbir borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

"O‘ylaymanki, bugungi tadbir juda muhim ahamiyatga ega. Fikrimcha, bu turli innovatsiyalar va bugungi dunyoda mavjud tajribalarga O‘zbekistonning javobidir. Shu bilan birga u O‘zbekistondagi bolalar va oilalarning hayotini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan. Bunda tajribaning qanday qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

G‘arb mamlakatlari, rivojlangan davlatlar va umuman dunyo mamlakatlari bir-birining tajribasidan foydalanadi. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, tajribani hayotga tadbiq etishda mazkur jamoalar aholi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi lozim. 

Shuningdek dunyo tajribasini tadbiq etish va uni rivojlantirishda o‘zaro ishonch va sabr-qanoat ham juda muhim. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy aytganidek, "Sabrli inson yaproqdan ipak, atirguldan esa asal yaratishga qodir". 

Lola Islamovna Karimova rahbarligi ostidagi markaz mazkur tajribani respublika ko‘lamida qo‘llashda ko‘mak beradi. Men bugun ana shu markazda bo‘lishga muvaffaq bo‘ldim va bu jahon miqyosidagi tajriba deb hisoblayman, MDH davlatlari orasidagi eng yaxshi tajriba desa ham bo‘ladi. U yerdagi insonlar, yuqori texnologiyalar - barcha-barchasi bizda katta qiziqish uyg‘otdi. Markaz faoliyatiga yondashuv - yuksak darajada", - dedi R.R.Maksudov.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid