Jahon | 18:34 / 01.02.2017
2708
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vaziri Brexit strategiyasini 2 fevral kuni taqdim etadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatni Yevropa Ittifoqidan chiqish haqidagi rejani payshanba, 2 fevral kuni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, konservator deputat Mariya Miller parlamentga Britaniyada yashovchi YeI fuqarolari Brexit’dan so‘ng qanday huquqqa ega bo‘lishlari borasida ma'lumot taqdim etishni talab qildi.

«Siz va parlamentga hujjat ertaga (2 fevral. — tah.) taqdim etilishini ma'lum qilaman», - deya javob berdi Mey.

Avvalroq Britaniya parlamentiga Brexit jarayoni boshlanishi haqidagi qonun loyihasi kiritilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid