Isroil hukumati G‘arbiy qirg‘oqda 3000 turar-joy qurilishi haqida e'lon qildi
Isroil seshanba kuni G‘arbiy qirg‘oqda 3000 turar-joy qurilishi haqida e'lon qildi. Bu - AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan ikki haftadan kamroq vaqt ichidagi to‘rtinchi shunday e'lon. Daily Sabah shu haqida xabar berdi.
"Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman va bosh vazir Binyamin Netanyaxu Yahudiya-Samariyada 3000 yangi uy qurishga ruxsat berdi", - deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.
20 yanvardan buyon (ya'ni Tramp inauguratsiyasi bo‘lib o‘tgan davrdan boshlab) Isroil Sharqiy Qudusning uch joyida 566 ta uy qurilishini tasdiqladi va G‘arbiy qirg‘oqda 2502dan ortiq turar-joy qurilishi haqida e'lon qildi.
O‘tgan haftaning payshanba kuni Isroil rasmiylari Sharqiy Qudusda 153 turar-joy qurishga izn berishgan edi.
Ular AQSh sobiq ma'muriyati bosimi ostida muzlatilgandi, Barak Obama ko‘chish ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuv muzokaralariga bo‘lgan umidni so‘ndirishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Biroq Tramp Isroilni qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi va Netanyaxu hukumati bundan foydalanish uchun tezda harakatga kirishdi.
Isroilning barcha qurilishlari xalqaro huquq normalariga ko‘ra noqonuniy hisoblanadi, zero bu uylar falastinliklar o‘z davlatining bir qismi sifatida ko‘ruvchi hududda qurilmoqda.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024