Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp fikricha, Rossiya bilan munosabatlarda “oldinga qarab harakat qilish” vaqti kelgan
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi bir qator parlamentariylar Rossiya-Amerika munosabatlari holatidan tashvishda ekanini tushunadi, biroq har ikki mamlakat “oldinga qarab harakat qilishi kerak” degan fikrda. Bu haqda RIA Novosti’ga Trampning saylovoldi kampaniya vaqtidagi tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Volid Fares ma'lum qildi.
Faresning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab amerikalik qonun chiqaruvchilar Rossiya va AQSh munosabatlarining bahsli xarakterga ega ekanini, shuningdek “bizga avvaldan meros bo‘lib qolgan ko‘plab muammolar hozirgi kunda ham borligini” ta'kidlashgan.
“U (Tramp — tah.) Kongressning bir necha a'zolari xavotirini yaxshi tushunadi, biroq biz yangi pog‘onada ekanimiz hamda oldinga qarab harakat qilishimiz lozimligini aytadi”, - degan agentlik suhbatdoshi.
Tramp bir necha bor Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun harakat qilishini aytib o‘tgan. AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, bu har ikki tomon uchun ham manfaatli.
Shanba kuni esa Tramp inauguratsiya marosimidan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk bor suhbatlashdi. Oq uyning ma'lum qilishicha, muloqot yakuniga ko‘ra bu aloqa ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash yo‘lida muhim qadam bo‘lgani ta'kidlangan. Kreml ham ikki mamlakat yetakchilari suhbati o‘zaro tushunib harakat qilish kayfiyatidan dalolat berganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:16 / 27.01.2026
«Rosatom» O‘zbekistondagi AES o‘rnida «atom klasteri»ni tashkil etishni taklif qildi
21:56 / 27.01.2026
FIFA sobiq rahbari Blatter jahon chempionatini boykot qilishga chaqirdi
19:44 / 27.01.2026
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan gaz importini to‘liq taqiqlashga qaror qildi
18:47 / 27.01.2026