AQŞ rasman Parij iqlim kelişuvidan çiqdi, bu prezident Donald Tramp ma’muriyatining iqlim özgarişiga qarşi kuraş böyiça xalqaro sa’y-harakatlardan voz keçişini anglatadi.

BMT Iqlim özgarişi böyiça doiraviy konvensiyasi kotibiyatining xabar berişiça, çiqiş töğrisidagi qaror 27 yanvar kuni, Qöşma Ştatlar tegişli bildirişnomani Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga yuborganidan roppa-rosa bir yil ötgaç kuçga kirdi.

Tramp 2025 yil yanvar oyida öz inauguratsiyasi kuni kelişuvdan çiqiş töğrisidagi farmonni imzolagan edi.

Parij kelişuvi - 200 ga yaqin davlat tomonidan qabul qilingan xalqaro iqlim şartnomasi bölib, uning maqsadi global isişni sanoatdan oldingi körsatkiçdan 2 daraja pastga çeklaş va 1,5 darajaga intilişdir. AQŞ çiqib ketgandan söng, mamlakat endi kelişuvni, jumladan, issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş va xalqaro iqlim uçraşuvlarida iştirok etiş majburiyatlarini bajarmaydi. Bu qadam iqlim özgarişiga qarşi kuraş böyiça xalqaro sa’y-harakatlarni zaiflaştirişi mumkin, çunki AQŞ issiqxona gazlarining eng yirik emitentlaridan biri va iqlim taşabbuslarini moliyalaştirişning muhim iştirokçisi edi.

AQŞ issiqxona gazlari emissiyasi böyiça dunyoda Xitoydan keyin ikkinçi örinda turadi. BMT hisob-kitoblariga köra, hozirgi global iqlim siyosati saqlanib qolgan taqdirda, asr oxiriga borib sayyoradagi örtaça harorat sanoatdan oldingi darajadan taxminan 2,8 darajaga kötariladi. Qöşma Ştatlarning kelişuvdan çiqişi bu körsatkiçni taxminan 0,1 darajaga oşiradi.

AQŞ tarixda ikkinçi marta Parij kelişuvidan çiqmoqda. Birinçisi Trampning ilk prezidentlik davrida yuz bergan, biroq Jo Bayden ma’muriyati unga yana qöşilgan edi.

Çiqiş ekologlar va jahon hamjamiyati tomonidan tanqidga uçradi, ularning fikriça, bu çiqindilarni jamoaviy ravişda kamaytiriş va iqlim inqiroziga qarşi kuraşişni qiyinlaştirişi mumkin. Şunga qaramay, köplab boşqa davlatlar kelişuvda qolmoqda va iqlim böyiça öz majburiyatlarini davom ettirmoqda.