16:45 / 02.02.2017
9763

Bitta dvigateli ishdan chiqqan samolyotning avariyaviy qo‘nishi videoga olindi

Shveytsariyaning Swiss International Air Lines aviakompaniyasiga tegishli layner Kanadaning Ikaliut shahri aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Airlive.net xabariga ko‘ra qo‘nish arafasida bu yo‘lovchi samolyotning bitta dvigateli ishdan chiqqandi.

Hodisa 1 fevral kuni ro‘y bergan. Samolyot Tsyurixdan Los-Anjyelesga reysni amalga oshirayotgandi.

The Aviation Herald saytida yozilishicha, uchish vaqtida chap qanotdagi dvigatel ishdan chiqqan. Uchuvchilar samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilishgan, qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va qo‘nish vaqtida hech kim jabrlanmagan.

Top