Texnologiya | 15:10 / 02.02.2017
6728
2 daqiqa o‘qiladi

Google brend qiymati bo‘yicha Apple savdo belgisini ortda qoldirdi

Savdo nomlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazuvchi Brand Finance kompaniyasi e'lon qilgan hisobotiga ko‘ra, Google brendi Apple nomidan o‘zib, 2017 yilning eng qimmat savdo belgisiga aylangan. 

Tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, bir yil mobaynida Google brendi 21,3 mlrd dollar (+24 foiz)ga o‘sgan va umumiy qiymati 109,47 mlrd dollarga yetgan. Ayni vqtda Apple brendi qiymatda 38,78 mlrd dollar (–27 foiz)ni yo‘qotgan va bugungi kunda uning narxi 107,141 mlrd dollarga baholanmoqda.

Brand Finance ekspertlarining fikricha, hozirda, Apple nafaqat Samsung kabi o‘zining an'anaviy raqobatchilari, balki ko‘plab Xitoy brendlari bilan kurashishga majbur bo‘lmoqda. 

Shu bilan birga, Apple kompaniyasidan tashqari, HP (–11,65 mlrd), BT (–6,96 mlrd), Vodafone (–5,99 mlrd), Baidu (–4,6 mlrd) va Ericsson (–4,15 mlrd) brend qiymatida boy bergan. O‘z navbatida, o‘sish bo‘yicha yetakchilar ro‘yxatiga Amazon (+36,75 mlrd), Facebook (+28 mlrd), AT&T (+27,1 mlrd) va Alibaba (+16,99 mlrd dollar) kabilar kirgan.

O‘sish bo‘yicha bu qadar yuqori ko‘rsatkichni namoyish etganiga qaramay, Amazon eng qimmat brendlar ro‘yxatida 106,4 mlrd dollar bilan hamon uchinchi o‘rinda mustahkam o‘rnashib olgan. 76,265 mlrd dollarga baholangan Microsoft o‘zining to‘rtinchi o‘rnini aloqa operatori AT&T brendiga bo‘shatib bergan. 

Janubiy Koreyaning elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Samsung kompaniyasi 66,23 mlrd dollar (+13 foiz) bilan oltinchi o‘ringa joylashgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid