00:20 / 03.02.2017
8617

Messi «Barselona» yana bir hujumchi xarid qilishini istamoqda

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi rahbariyat yana bir hujumchi sotib olishini istamoqda.

Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Messi «Yuventus» a'zosi Paulo Dibala bilan birga to‘p surmoqchi.

Kataloniya klubi argentinalik yulduzni qo‘lga kiritishga qarshi emas va bu ishda Messining ta'siridan foydalanishga umid qilmoqda. Aynan u 23 yoshli Dibalani Turinni tark etishga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.

Shu bilan birgalikda «ko‘k-anorranglilar» jamoasi qarshisida bir muammo bor. Klub moliyaviy feyr-pley tufayli, Dibalani faqat Luis Suares ketgan taqdirdagina xarid qilishi mumkin.

Dibala esa «Yuventus»ni 2017 yil yozidayoq tark etishni istamoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda, Dibala «Real»ga o‘tishi aytilgandi.

Top