Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib çiquvçi nizolarni, şu jumladan, tadbirkorlik sub'yektlari örtasida vujudga keluvçi xöjalik nizolarini hakamlik sudlari tomonidan ham hal etilayotgani mamlakatimizda bozor munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş va tadbirkorlikni rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ham bu yölda qöyilgan muhim qadamlardan biri böldi.

Mazkur hakamlik sudlari öz faoliyatlarini xolislik, qonuniylik asosida mustaqil ravişda hakamlik muhokamasi taraflarining tortişuvi va teng huquqligini ta'minlagan holda hamda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratiş va ularga yordam beriş maksadida amalga oşirmoqdalar.

Afsuski, hakamlik sudi orqali nizolarni hal qiliş imkoniyati, uning afzalliklari haqida joylarda olib borilayotgan tuşuntiriş işlari yetarli emas. Köpgina huquqşunoslar va mutaxassislar hakamlik huquqi mavjudligini yetarli anglab yetmayapti. Jamoatçilik hakamlik sudlarining samarali faoliyati haqida zarur darajada xabardor qilinmayapti.

Şu örinda hakamlik sudlari haqida qisqaça ma'lumot berib ötsak. Hakamlik sudi nodavlat sud tizimi bölib, uning asosiy vazifasi fuqarolar va tadbirkorlarga huquqiy yordam körsatiş, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilişdan iboratdir. 

Hakamlik sudining xöjalik sudlari va fuqarolik işlari böyiça sudlardan farqli jihatlari quyidagilarda öz aksini topadi:

1. Hakamlik sudi tomonidan nafaqat xöjalik işlari balki fuqarolik işlari ham körib çiqib, hal etiladi.
2. Xöjalik sudlarida faqat yuridik şaxsga oid xöjalik nizolar, Fuqarolik sudlarida faqat fuqarolarga oid nizolar körib çiqiladi. 
3. Hakamlik sudlari, jumladan, yuridik şaxslar örtasidagi nizolarni, fuqarolar örtasidagi qarz oldi-berdisiga oid nizolarni körib çiqadi. Fuqarolar örtasida qarz şartnomasi yozma tilxat bor yoki yöqligidan qat'i nazar hakamlik sudi nizolarni körib çiqib, qonuniy qaror qabul qiladi. 
4. Hakamlik sudlarida iş tezkorlik bilan hal etiladi (çunki hakamlik sudida faqat bitta instansiya nazarda tutilgan bölib, boşqa sudlar kabi appelyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalari mavjud emas. Hakamlik sudining qarori yakuniy hisoblanadi).
5. Asosiy maqsad taraflarning kelişuviga yönaltiriladi va taraflar örtasidagi hamkorlik saqlab qolinadi. Birinçi örinda taraflarni murosaga keltiriş yöllari izlanadi, keyinçalik ham hamkorlik qilişlari uçun oralaridagi munosabatlar buzilmasligi yölida harakat qilinadi.