23:10 / 07.02.2017
20071

Video: Murod Zuhurovning qahramonligi «Bunyodkor»ni OChL guruh bosqichiga olib chiqdi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun bo‘lib o‘tayotgan yana bir uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqani saralashdan boshlagan O‘zbekistonning vitse-chempioni «Bunyodkor» Qatarning «Al-Jaish» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa «Bunyodkor»ning qo‘li baland keldi. Toshkentliklar jamoasi futbolchilari dastlabki uchta penaltini aniq amalga oshirishdi. Mezbonlar esa to‘rtta penaltidan uchtasida xatoga yo‘l qo‘yishdi. Jumladan Sardor Rashidovning zarbasini Murod Zuhurov bartaraf etdi. Natijada «Bunyodkor» qolgan ikkita penaltini tepishiga hojat ham qolmadi va Sergey Lushan shogirdlari guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endilikda, OChL guruh bosqichida O‘zbekiston sharafini ikki jamoa — chempion «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari himoya qiladigan bo‘ldi.

OChL. Saralash bosqichi
«Al-Jaish» (Qatar) - «Bunyodkor» (O‘zbekiston) 0:0, penaltilar seriyasi bo‘yicha 1:3

«Al-Jaish»: 16.Xalifa Abubakar, 4.Lukas Mendes, 6.Yosir Iso, 8.Yusuf Mufta, 10.Sardor Rashidov, 14.Mohd Metnaniy, 15.Dame Traore, 18.Muhammad Abdulra'b, 23.Majdi Abdulla Siddiq, 24.Seydu Keyta (S), 31.Rikardo Romarino
«Bunyodkor»: 25.Murodjon Zuhurov (S), 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akram Komilov, 7.Dushan Michich, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Shahzodbek Nurmatov, 10.Eldor Shomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurullo To‘xtasinov, 21.Dilshodbek Ahmadaliyev, 29.Otabek Shukurov.

 

Top