Oxirgi yillarda Saudiya şayxlarining futbolga sarflayotgan katta pullari keng muhokamalarga sabab bölyapti. Biroq Osiyo futbolidagi bu «kino»ning premerasi bundan bir neça yil oldin Toşkentda boşlangandi. 2008-2010 yillarda «Bunyodkor» jahonning taniqli futbolçi va murabbiylarini Özbekistonga çaqirişni odat tusiga aylantirdi. Öşanda braziliyalik futbol afsonasi Rivaldo ham poytaxt klubiga olib kelingandi. Oradan şunça payt ötgan bölsa-da, yuzaga kelgan moliyaviy mojarolar hali ham tugagani yöq.
Rivaldo oldidagi qarzdorlik
2008 yilning avgust oyi oxirida braziliyalik futbol afsonasi Rivaldo «Bunyodkor» bilan bir yillik şartnoma imzolaydi. Oradan ikki oy ötib kelişuv yana 2 yilga uzaytiriladi. Futbolçining yillik maoşi soliqlardan taşqari 6 mln yevroni taşkil etişi, şuningdek, unga reklama va homiylik şartnomalaridan tuşgan mablağning ham bir qismi berilişi közda tutiladi. Ayrim manbalarga köra, Rivaldo «Bunyodkor»dagi birinçi yilida tahminan 8,1 mln yevro işlab oladi.
Oradan bir yil ötib, 2009 yilning yozidan klubda moliyaviy muammolar yuz bera boşlaydi, öyinçilarga oylik tölaş töxtatiladi. Vaziyat ijobiy tomonga özgarmagaç, braziliyalik futbolçi 2010 yilning iyulida sudga murojaat qiladi va klubdan ketadi. U şartnomasi böyiça Bunyodkor va homiylardan umumiy hisobda 16 mln yevro talab qiladi. Xuddi şu vaqtda Rivaldoni Özbekistonga olib kelgan Zeromax kompaniyasi ham bankrot böladi. Futbolçi 6 yil davomida – 2016 yilgaça Şveytsariyada röyxatdan ötgan Zeromax ustidan bir qator organlarga murojaat qildi, biroq aytarli mablağ undirişning imkoni bölmaydi. Şundan söng u «Bunyodkor» ustidan FIFAga ariza bera boşlaydi.
Nega Zeromax emas «Bunyodkor»?
2024 yilda FIFAning intizomiy qömitasi «Bunyodkor» braziliyalik futbolçilar Rivaldo va Denilsonga salkam 9,2 mln yevro tölaşi kerakligi haqida qaror çiqaradi. Klubning Rivaldo oldidagi qarzdorligi 8,1 mln yevro, Denilson oldidagi qarzdorligi 1,1 mln yevroga baholanadi. Bu summalar içiga vaqtida tölanmagan mukofot pullari, tölaş keçiktirilgani uçun hisoblangan foizlar, şartnoma bekor qilingani uçun belgilangan tovon pullari va futbolçilarning sud xarajatlari kiritiladi.












