Özbekistonda bolalar va yoşlar sportini, jumladan, sportning qişki turlarini rivojlantiriş maqsadida Toşkent şahrining Afrosiyob va Beşyoğoç köçalari kesişuvidagi 9 gektar maydonda köp tarmoqli «Humo» muz saroyi qurilişi boşlandi. 

Mamlakat prezidenti taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan uşbu loyiha Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining ijtimoiy taşabbusi hisoblanadi. 

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş Harakat strategiyasida qayd etilganidek, yoşlar siyosatini takomillaştiriş yönalişlaridan biri «yoş avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qöllab-quvvatlaş, bolalar va yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş»ga qaratilgan. Ekspertlarning fikriça, Toşkentda barpo etilayotgan uşbu majmua mamlakatda sportni yanada rivojlantiriş işida qudratli lokomotiv bölişi kutilmoqda. 

12 ming kişilik tribunaga ega köp funksional saroy hududida muz arenasi, maşğulotlar ötkaziladigan maydon, öquv-köngiloçar bolalar xiyoboni, oilaviy köngiloçar markazlar, amfiteatr, favvorali xuşmanzara boğlar, restoran va rekratsion zonalar, boğ va sayilgoh, zamonaviy parking va boşqa köplab inşootlar joylaşadi. Ularda jismoniy imkoniyati çeklangan kişilar uçun ham barça şaroitlar yaratiladi.

Mazkur majmua dunyodagi yetakçi arxitektorlik byurolaridan biri bölgan va 2018 yilda Koreya Respublikasining Pyongçang şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan qişki Olimpiya öyinlari uçun xam barça olimpiya obektlarni loyihalaştirgan byuroning eksklyuziv loyihasi böyiça, arxitektura va dizayn sohasidagi eng zamonaviy tendensiyalardan foydalangan holda, halqaro sport federatsiyalarining oliy darajadagi musobaqalar ötkaziş böyiça standart va talablarga muvofiq quriladi. Muz saroyi dizaynida zamonaviy quriliş yeçimlari va ilğor texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uyğunlaştiriladi, jumladan, inşootning me'moriy ğoyasidan muhabbat, baxt va hurlik ramzi bölgan Humo quşi örin olgan. 

Majmuada ölçamlari 60x30 metr bölgan ikkita - asosiy va maşq muz arenalari rejalaştirilgan bölib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni taşkil qiladi, bino 4 qavatdan iborat bölib, balandligi 36 metrni taşkil etadi. Muz saroyi 12,5 ming öringa ega bölib, konsert zali sifatida 10 ming, sport musobaqalar ötkaziş zali sifatida esa 14 ming tomoşabinga möljallangan. Asosiy binoda 300 örinlik maşq arenasi ham loyihalaştirilgan. Majmua hududida şuningdek, sport muzeyi, bolalar uçun yopiq öyingoh, trenajyor zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, sport anjomlari dökoni va boşqa xizmat körsatiş obektlari joylaştiriladi.