“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda kiçik muz saroylarini barpo etiş haqida petitsiya e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, Özbekiston yozgi sport turlari böyiça közga körinarli yutuqlarga erişgan.
“Lekin qişki sport turlari bilan maqtana olmaymiz. Menimça, buning asosiy sababi bunday sport turlari bilan şuğullaniş uçun şart-şaroitlarning yetarli emasligidir.
Toşkent şahrida “Humo” muz saroyi qurildi. Bu bilan qişki sport turlarida ança oldinga siljiş kuzatildi. Lekin viloyatlarda bunday imkoniyat yöq. Viloyatlarda kiçikroq muz saroylari bölsa, qişki sport turlariga qiziqiş yanada ortar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda kiçik muz saroylarini barpo etiş taklif qilingan.
















