Tojikiston hukumati mamlakatga 55 mlrd dollar xususiy sarmoya kiritilishiga umid qilmoqda
Tojikistonni 2030 yilgacha rivojlantirish Milliy strategiyasini hayotga tatbiq etish maqsadida 55 mlrd dollar miqdorida investitsiyani jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu hujjatdagi maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning deyarli teng yarmidir.
Strategiyani moliyalashtirishda xususiy investitsiyalar sezilarli o‘rin tutadi. Bunda xorijiy va ichki sarmoyalarga e'tibor qaratiladi, deb qayd etishgan hujjat mualliflari.
Shu bilan birga, belgilangan mablag‘larni jalb qilish maqsadida «xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun investitsiya muhitini yaxshilash rejalashtirilgan».
Dasturni amalga oshirishning yana bir manbasi sifatida davlat byudjyetining 56,1 milliard dollar (Strategiyani amalga oshirish uchun zarur mablag‘ning 47,5 foizi) mablag‘i belgilangan.
Umuman, kelgusi 15 yil mobaynida Strategiyani moliyalash manbalarining umumiy kiritgan sarmoyasi 118 mlrd 133 mln dollarni tashkil etishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonni 2030 yilgacha rivojlantirish Milliy strategiyasi 2016 yil dekabr oyida mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan edi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024