"Dunyo" AA muxbiri xabar berişiça, Özbekistonning Malayziyadagi elçisi Karomiddin Gadoyev boşçiligida Malayziyaning Biotropics Malaysia Berhad kompaniyasi boşqaruv direktori Xaliza Ramli hamda Zomin Pharm MÇJ direktori örinbosari A.Mirzayev örtasida uçraşuv taşkil etildi.

Mamlakat farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatiga xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş maqsadida ötkazilgan uçraşuvda malayziyalik mutaxassislar bilan Özbekistonda tabiiy soğlomlaştiriş mahsulotlari hamda funksional oziq-ovqatlar uçun ingrediyentlarni işlab çiqariş masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uçun, 2007 yilda taşkil etilgan Biotropics Malaysia Berhad kompaniyasi Malayziyada turli giyohlar va dorivor ösimliklardan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida yuqori sifatli tabiiy soğlomlaştiriş mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, bugungi kunda mahsulotlari dunyoning 35 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda.

Özbekiston tomoni uçraşuvda hamkorlikning dastlabki bosqiçida Jizzax viloyati Zomin Pharm erkin iqtisodiy zonasi hududida kompaniya tomonidan işlab çiqarilayotgan maxsus standartlaştirilgan ekstraktlar, töliq tabiiy ozuqaviy qöşimçalar, nutritsevtik va funksional oziq-ovqat mahsulotlari uçun möljallangan tarkibiy qismlarni qadoqlaşni yölga qöyişga tayyorligini bildirdi. Keyinçalik esa uşbu mahsulotlarni Özbekiston hududida qöşma tarzda işlab çiqarişni taşkil etiş uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratilişi ta’kidlandi.

Xaliza Ramli yaqin kelajakda Özbekistonga taşrif buyuriş niyati borligini bildirib, mamlakatda yaratilgan investitsiya muhiti, Zomin Pharm faoliyati bilan tanişiş, mintaqaviy bozorga mos tabiiy soğlomlaştiriş mahsulotlari va biologik faol qöşimçalarni qadoqlaş hamda keyinçalik işlab çiqariş imkoniyatlarini örganişini ma’lum qildi.

Uçraşuv yakunida Zomin Pharm MÇJ va Biotropics Malaysia Berhad kompaniyasi örtasida Özbekiston Respublikasi hududida Biotropics mahsulotlarini yetkazib beriş, qadoqlaş, işlab çiqariş va sotişni öz içiga olgan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatidagi qöşma taşabbus va loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi.