Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Luis Suares Ispaniya kubogi finalida o‘ynashi uchun kurashmoqchi
"Barselona" rahbariyati "Atletiko Madrid"ga qarshi kechgan Ispaniya kubogi yarim finalining javob o‘yinida Luis Suares olgan qizil kartochka bo‘yicha shikoyat qilmoqchi. Urugvaylik hujumchi o‘yinning 90-daqiqasida to‘p uchun kurash vaqtida qo‘li bilan raqibga tegib ketganligi sababli jazolangan edi. Suares hamda kataloniyaliklar rahbariyati ushbu harakat qasddan qilinmaganini ta'kidlashgan.
"Barselona" dastlab chetlatishni bekor qilishni so‘rab Ispaniya futbol federatsiyasiga (RFEF) murojaat qilmoqchi. Chetlatish bekor qilinmasa, jamoa apellyatsiya bermoqchi. Shunda ham masala hal bo‘lmasa, klub Lozannadagi Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qiladi.
Ma'lumot uchun, "Barselona" Ispaniya kubogi finalida "Alaves"ga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:11 / 14.12.2025
Saudiya shahzodasi "Barselona" klubini sotib olmoqchi
14:34 / 14.12.2025
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba
10:09 / 07.12.2025