Britaniyalik teleboshlovchi Rolls-Royce’ini unga allergiyasi borligi sababli sotmoqchi
The Grand Tour shousi boshlovchisi, britaniyalik Jyeyms Mey o‘zining 1972 yilda ishlab chiqarilgan Rolls-Royce Corniche avtomobilini uning o‘rindiqlari qoplamasi unda allergik reaksiya qo‘zg‘atishi sababli sotib yuborishga qaror qildi. Boshlovchi bu haqda Drive Tribe’dagi blogida ma'lum qilgan.
"Agar men bu mashinada yarim soatdan ko‘proq yursam, menda qichima boshlanadi. So‘ngra egnimdagi kiyimni qaynatishimga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun keyingi oyda bu mashina sotib yuboriladi", deb yozgan boshlovchi.
Meyning avtomobili mart oyi o‘rtalarida Gudvuddagi Bonhams auksionida sotilmoqchi. Boshlovchi o‘z mashinasini uni xarid qilgan qiymatdan 1,5-2 barobar qimmatroqqa sotishni mo‘ljallamoqda. Mey mashinani qanchaga xarid qilgani ma'lum qilinmagan.
The Telegraph nashrining ma'lum qilishicha, Mey bu mashinaga 2010 yildan beri egalik qilib keladi.
Hozirda Mey Amazon servisida efirga uzatiluvchi The Grand Tour shousini Jyeremi Klarkson va Richard Xammond bilan birga olib boradi. Ularning barchasi avval BBC kanalida chiquvchi Top Gear dasturini olib borishgan.
Mavzuga oid
14:33 / 01.12.2024
Hindistonlik roja Rolls-Royce’dan chiqindi yig‘uvchi mashina sifatida foydalanganmi?
18:14 / 23.11.2024
Iqlim o‘zgarishi changga allergiyasi bor odamlar sonini oshirmoqda
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
18:52 / 05.08.2024