Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
Ommaviy allergiya 1950-yillarda sadr va sarv o‘rmonlarini ommaviy ravishda ekish dasturining oqibati bo‘lib chiqdi.
Foto: Getty Images
Yaponiyada mavsumiy allergiya muammosi shiddat bilan kuchayib bormoqda, u allaqachon milliy inqiroz darajasiga yetdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, aholining taxminan 43 foizida o‘rta va og‘ir alomatlar kuzatiladi va buning sababi 70 yildan ortiq vaqt oldin joriy etilgan o‘rmon siyosati deb aytiladi, deb yozdi BBC.
Fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda Yaponiya o‘rmonlarida havoga tutunga o‘xshash quyuq «bulutlar» ko‘tarilgan videolar tarqaldi. Aslida bu har yili bahorda o‘rmonzorlardan yoppasiga tarqalib, shaharlarga yetib keladigan gulchang edi.
Shu sababli, har yili millionlab yaponlar niqob taqishga va antigistamin dorilarni qabul qilishga majbur bo‘lmoqda, pollinoz yoki allergik rinit esa sog‘liqni saqlashning asosiy muammolaridan biriga aylandi.
Bu holatning sababi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda, Yaponiya energiya tanqisligi tufayli o‘rmonlarning keng miqyosda kesilishiga duch kelgan paytga borib taqaladi. Yashil hududlarni tezda tiklash uchun hukumat asosan tez o‘suvchi ikki tur - yapon sadri sugi va xinoki sarvini ekish orqali ommaviy o‘rmonzorlashtirish dasturini ishga tushirdi. Bugungi kunda ushbu daraxtlar plantatsiyalari mamlakat hududining qariyb beshdan bir qismini - taxminan 10 million gektarni egallaydi.
Nima uchun gulchang muammo bo‘lib qoldi?
Aynan shu daraxtlar ko‘p miqdorda yengil gulchang chiqaradi, u shamol yordamida shaharlarga oson tarqaladi. Daraxtlarning yoshi (30 yoshdan oshgan) bilan uning soni faqat ortib bormoqda, bu esa allergiyalarning hozirgi cho‘qqisiga olib keldi.
Allergiya alomatlaridan tashqari, bemorlar uyquning buzilishi, diqqatni jamlashning pasayishi va astma rivojlanish xavfining oshishiga duch kelmoqda.
Kasallik varaqalari va iste’mol faolligining pasayishi tufayli mavsumiy iqtisodiy yo‘qotishlar kuniga taxminan 1,6 milliard dollarga baholanmoqda.
Hukumat 2023 yildayoq bu muammoni milliy deb tan oldi va 30 yil ichida chang miqdorini 50 foizga kamaytirish rejasini e’lon qildi.
Chora-tadbirlar rejasiga suga plantatsiyalarining bir qismini kesish va ularni yanada xilma-xil o‘rmonlar bilan almashtirish, shuningdek, gulchang darajasi past bo‘lgan navlarni ekish kiradi.
Biroq, ekspertlar o‘rmonlarni to‘liq almashtirish o‘nlab yillar davom etishi mumkin bo‘lgan o‘ta murakkab vazifa ekanini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
11:43 / 17.05.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
15:48 / 14.05.2026
O‘zbekistonliklar Yaponiyaga vizani qanday olishi mumkin?
11:22 / 11.05.2026
Orolqumda 2 mln gektarlik o‘rmon yaratiladi
10:04 / 10.05.2026