Jamiyat | 19:46 / 09.02.2017
8792
1 daqiqa o‘qiladi

"Omskda barchasi teskari" - kommunal xizmat xodimlari mashinadagi qorni ko‘chaga qayta sochib tashlashmoqda (video)

Rossiyaning Omsk shahrida tibbiyot universiteti talabalari kommunal xizmat xodimlarining g‘ayritabiiy ishini tasvirga tushirishdi. Ular shahar ko‘chalaridan biriga qor tashlash bilan band bo‘lishgan. 

Rolikda ishchilar yuk mashinasi kuzovidan qorni yo‘lning qatnov qismiga yaqin joyiga tashlashayotganini ko‘rish mumkin.

Omsk ma'muriyati matbuot xizmatining xabar berishicha, qor maysalarga ko‘p yillik o‘simliklar muzlab qolmasligini uchun atayin tashlangan.

“Omsk shahrining “Yo‘l xo‘jaligi va obodonlashtirish boshqarmasi” byudjyet  tashkiloti mutaxassislari tomonidan sovuq ob-havo tufayli qor qatlamini tiklash bo‘yicha choralar qabul qilindi. 7 fevraldan boshlab maydonlardan yig‘ib olingan toza qorni o‘simliklar o‘tkazilgan joylarga yetkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, deya xabar berdi Omsk ma'muriyati matbuot xizmati.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid