Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiya qirg‘oqlarida 300 dan ko‘proq qora delfin nobud bo‘ldi
Yangi Zelandiya shimolidagi Janubiy oroli qirg‘oqlariga 400 dan ko‘proq qora delfin o‘zini otdi. Bu haqda The New Zealand Herald nashri xabar bermoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, oqibatda ulardan ko‘pchiligi – 300 ga yaqini halok bo‘lgan. Qutqaruv xizmati xodimlari 100 ga yaqin qora delfinni okeanga qaytara olganlar.
Biroq qutqarilgan qora delfinlar sohil yaqinidan ketmayaptilar. Shu sababli olimlar ular yana o‘zlarini sohilga otishlaridan xavfsiramoqda.
Hozircha delfinlarning bunday ommaviy tarzda jonlariga qasd qilishlariga nima sabab bo‘lgani noma'lum. Bu hodisa kuzatuvlar tarixidagi eng yiriklaridan biri bo‘lgani aytilmoqda.
2016 yil sentabrda OAVda Yaponiya sohillariga 500 ta qilichdumli o‘zini otgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025
Yangi Zelandiya aholisi bir kechada «695 milliardga» yetdi
20:17 / 11.08.2025