Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Panamada ofshorlar mojarosi markazida bo‘lgan Mossack Fonseca firmasi xo‘jayinlari qo‘lga olindi
Panamaning Mossack Fonseca huquqshunoslik kontorasining ofshorlar va mijozlar bitimlari haqidagi hujjatlari tarqalib ketishi ortidan o‘tgan yil bahorida mojarolar markazida qolgan firma xo‘jayinlari Panama shahrida qo‘lga olindi. Die Süddeutsche Zeitung xabariga ko‘ra, kompaniya ofisida tintuv boshlangan.
Nashrning Panama bosh prokurori Kenia Porsellaga asoslanib xabar berishicha, firma asoschilari Yurgen Mossak va Ramon Fonseka Lotin Amerikasidagi yirik korruptsion mojaroda ayblanmoqda. Tergovchilarning talqiniga ko‘ra, Mossak va Fonseka shubhali manbalardan olingan pullarni yashirgan.

Shuningdek, Mossack Fonseca firmasi Lava Jato nomini olgan, Odebrecht qurilish guruhi ham aralashgan yirik korruptsion mojaroda ishtirok etgan. Mojaro yirik miqdordagi pul yuvish, firibgarlik va korrupsiya unsurlarini o‘z ichiga olgan.
Ramon Fonseka Panama prezidentini Odebrecht guruhidan pora olishda ayblagan. Prezident Xuan Karlos Varela rasmiy chiqish qilib, bu ayblovni inkor etgan.
O‘tgan yilning 3 aprel kuni ofshorlar to‘g‘risidagi katta ko‘lamdagi surishtiruv natijalari chop etilgandan keyin Mossack Fonseca firmasi mojarolar markazida qolgandi. Shundan so‘ng firma asoschilaridan biri nemis huquqshunosi Yurgen Mossak Panama hukumati qoshidagi tashqi ishlar bo‘yicha maslahat kengashini tark etgandi.
Mossack Fonseca kompaniyasi ma'lumotlar bazasidan axborot chiqib ketishi natijasida OAVlarda qator dunyo yetakchilari va ularning yaqinlari pul yuvish va soliqlardan bosh tortish bo‘yicha sxemalarga aloqadorligi haqida ma'lumot paydo bo‘lgan edi. Kompaniya faoliyati Jurnalistlik tekshiruvlari xalqaro konsorsiumi (ICIJ) tomonidan o‘rganildi, bunga konsorsium qo‘lga kiritgan kompaniyaning 11,5 millionga yaqin hujjati asos bo‘lgandi. Ularda 12 nafar sobiq va amaldagi davlat yetakchilari, Forbes ro‘yxatidagi 29 nafar milliarder, shuningdek, kino va sport yulduzlari nomlari keltirilgandi.
Mavzuga oid
15:47 / 13.01.2026
Kiper: Rossiya Panama va San-Marino bayroqlari ostidagi kemalarga hujum qildi
20:32 / 11.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Panamaga 6 ta gol urdi
12:16 / 06.11.2025
O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Kanada va Panama bilan muzokaralarni yakunladi
15:28 / 11.05.2025