Urunovning LinkedIn’da yozişiça, bu kelişuvlar JSTga qöşiliş böyiça Işçi guruhning 11-yiğilişi doirasida rasmiylaştirildi. U izohlarda ta’kidlaganidek, Özbekistonga töliq a’zolik uçun yana uç davlat bilan kelişuvlarni tugatiş qolgan, ammo ularning röyxati hozirça oçiqlanmagan.

Oktyabr oyi oxirida Özbekiston Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni töliq yakunlagan edi. Şu paytdayoq Panama bilan kelişuvga erişilgani ham xabar qilingan. 

Urunovga köra, YeI JSTning Özbekiston bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagan 31-a’zosiga aylandi. “Endilikda rasmiy: 31 mamlakat muzokaralarni yakunladi, faqat uçtasi qoldi”, — deya qöşimça qilgan u.