Sport | 22:54 / 11.02.2017
10453
2 daqiqa o‘qiladi

La-liga. «Barselona» kubok finalidagi raqibini yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Ispaniya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan biri «Mendisorrosa» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Mahalliy «Alaves» tez orada kubok finalida o‘ziga raqib bo‘ladigan «Barselona»ni qabul qilib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvda Suares dubl qayd qilgan bo‘lsa, Neymar, Messi va Rakitich bittadan gol kiritishdi. Shuningdek yana bir gol avtogol natijasida mezbonlar darvozasidan joy oldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» hisobidagi ochkolar soni 48 ochko to‘plagan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa «Real»dan uchta ko‘p uchrashuv o‘tkazib, 2 ochko ko‘proq jamg‘argan. «Alaves» esa 27 ochko bilan 12-pog‘onada qolmoqda

Ispaniya chempionati, 22-tur

Alaves – Barselona 0:6 (0:2)
Gollar:
Suares (37, 67), Neymar (40), Messi (59),  Ruano (63, avtogol), Rakitich (65).

Alaves: Pacheko, Ruano, Teo (Garsiya Karnero, 87), Vigaray, Laguardia, Markos Lorente, Torres, Krstichich (Femeniya, 46), Katai (Romero, 57), Santos, Sobrino.
Barselona: ter Stegen, Mate, Umtiti (Alba, 66), Din, Aleish Vidal, Rakitich, Buskets (Inesta, 64), Andre Gomesh (Serdji Roberto, 72), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Umtiti (6), Buskets (59), Rakitich (61), Laguardia (90).

 

Betis – Valensiya 0:0
Betis:
Adan, Petstselya, Toshka, Durmisi, Mandi, Petros (Marten, 73), Pardo, Sebalos, Pichchini, Alegriya (Sanabriya, 74), Ruben Kastro.
Valensiya: Diyego Alves, Aderlan Santos (Abdennur, 57), Gayya, Montoyya, Mangalya, Suares, Parexo, Orelyana (Joau Kanselu, 81), Nani, Santi Mina (Dzadza, 64), Munir.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid