Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardor Rashidovning dubli «Al-Jaish»ga g‘alaba keltirdi
Qatar Yulduzlar ligasida 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Al-Jaish» autsayderlardan biri «Al-Shahaniya» mehmoni bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov tomonidan kiritilgan ikkita gol mehmonlarga g‘alaba keltirdi.
Uchrashuvda Sardor Rashidov 90 daqiqa harakat qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda u boshqa futbolchiga almashtirildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Al-Jaish» hisobidagi ochkolar soni 39taga yetdi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Qatar Yulduzlar Ligasi. 20-tur
«Al-Shahaniya» — «Al-Jaish» 1:2 (0:1)
Gollar: Fahad Xalfan (69) - Sardor Rashidov (42, 62).
Mavzuga oid
16:51 / 03.08.2023
«Paxtakor» yozgi transfer oynasida Sardor Rashidov va yana 4 futbolchi bilan xayrlashdi
20:43 / 24.06.2022
Sardor Rashidov Qatar klubiga transfer qilindi
19:45 / 31.01.2022
Sardor Rashidov «Paxtakor» bilan shartnoma imzoladi
17:01 / 27.09.2021