21:23 / 13.02.2017
9313

Irlandiyalik pabga shaxsiy tankida keldi

Foto:North West Newspix

Irlandiyalik muhandis orolning eng ekssentrik kishisi nomiga da'vogarlik qilmoqda. TASS agentligi shu haqida xabar berdi

Donegol grafligidagi Rafo qishlog‘ida yashovchi 36 yoshli Sheyn Allen har juma kuni mahalliy pabga hisobdan chiqarilgan "Scorpio" tankida boradi. U tankni bir necha yil ilgari Shimoliy Irlandiyadagi armiya mol-mulki sotilganda qo‘lga kiritgan. 

Safar 15 daqiqadan ko‘p vaqtni olmaydi. 

Allenning ishontirishicha, sakkiz tonnali mashina mintaqa transportchilariga tashvish orttirmaydi. Tank asfaltda iz qoldirmaydi, buning ustiga u yo‘lga chiqishdan avval sinchkov tekshiruvdan o‘tadi. 

Bunday odat irlandiyalikka arzonga tushmadi - bakni to‘ldirish uchungina kamida 450 yevro kerak bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top