Mamlakat boyligini ölçaş oson emas, ammo keng qöllanadigan körsatkiçlardan biri — YaIMning jon boşiga töğri keluvçi miqdori. U mamlakat iqtisodiyoti umumiy hajmining aholi soniga nisbatidir.
Infografikada 2025 yilda jon boşiga YaIM eng yuqori bölgan davlatlar keltirilgan (Xalqaro valuta jamğarmasi — IMF'ning 2025 yil oktyabr oyidagi «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» yangilangan ma’lumotlari asosida).
Birinçi örinda — Lixtenşteyn: bu yerda jon boşiga YaIM 231 713 AQŞ dollariga yetadi. Bu natija katta darajada mamlakat işçi kuçining taxminan 60 foizi çegaradan har kuni kirib-çiqadigan mehnat migrantlaridan iborat ekani bilan izohlanadi — bu esa örtaça daromad körsatkiçini sun’iy ravişda oşiradi. Öxşaş vaziyat ikkinçi örinni egallagan Lyuksemburgda ham kuzatiladi.
Uçinçi örinda — Irlandiya: körsatkiç 129 132 AQŞ dollari. Köplab texnologik gigantlar — Google’dan tortib Meta’gaça — Irlandiyada özining Yevropa ştab-kvartiralarini joylaştirgan, mamlakatning qulay soliq siyosati jon boşiga YaIM ösişiga hissa qöşadi.
Keyingi örinlarda Şveytsariya, Islandiya va Singapur bor. Ulardagi körsatkiçlar imtiyozli soliqlar yoki ommaviy çet el işçilari oqimiga emas, balki aholining haqiqiy yuqori daromadlariga tayanadi. Ayniqsa, Singapur e’tiborga loyiq: 1980 yildan beri örtaça daromad 19 barobarga oşgan — şahar-davlat moliya va savdoning dunyodagi yetakçi markazlaridan biriga aylangani tufayli.








